Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

5-IYUN – BUTUN JAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI

05.06.2025 05.06.2025 105

  

YASHIL HUDUDLAR KENGAYMOQDA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2025-yilning “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili, deb e’lon qilinishida chuqur ma’no mujassam. Zero, tevarak-atrofimizda yashil hududlar kengayib, yashil qalqonlar ko‘payishi ona tabiatimizni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

“O‘zmetkombinat” AJda yangi bog‘-rog‘lar barpo etish, atrofni ko‘kalamzorlashtirish  muhim vazifalardan biriga aylandi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlanganidan buyon keyingi uch yilda kombinatda 300 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. 
Kombinat atrofida “Yashil belbog‘” yaratilmoqda. Bu ishlar ekologiyani yaxshilashga xizmat qiladi.  
Bugungi kunda “O‘zmetkombinat” AJda hududiga kirgan kishi metallurglar mehnati bilan yaratilayotgan go‘zallikni ko‘rib bahri dili ochiladi, kayfiyati ko‘tariladi. 
Metallurglar kombinat hududini obod maskanga, bog‘ va gulzorlarga aylantirmoqdalar. 
Avallari tashlandiq holatda bo‘lgan joylarga unumdor tuproqlar keltirib, joylarga gullar, manzarali daraxtlar ekildi. Tarkibiy bo‘linmalardagi xiyobon va maydonchalar turli tuman gullarga burkanib, yam-yashil maysalar maydoni kengaydi. Minglab turli daraxtlar atrof-muhit musaffoligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga muhim omillardan bo‘lmoqda.  

 

0

(0 ovoz)