Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘z ishining ustasi – jamiyat taraqqiyotining poydevori

10.06.2025 10.06.2025 145

 

Temir parchalari kombinatimizning asosiy xomashyosi hisoblanadi. Korxonaga keltirilayotgan ushbu xomashyo evaziga turli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda yaxshi natijalarga erishish, iste’molchilarni o‘z vaqtida tayyor mahsulotlar bilan ta’minlashda temir parchalari muhim ahamiyatga ega.

Kombinatimizning Temir-tersaklarni qayta ishlash bo‘linmasida ishlar bir maromda ketmoqda. Bu yerga olib kelinayotgan turli hajmdagi temir chiqindilari bo‘linma ishchilari tomonidan saralanib, kerakli hajmlarda qirqilib Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasiga jo‘natilmoqda.
G‘ayrat Ochilov mana 13 yildirki bo‘linmada gazda kesuvchi vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Albatta har qanday jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, undagi insonlarning o‘z kasbiga bo‘lgan munosabatiga, mehnatga bo‘lgan sadoqatiga bog‘liq. O‘z ishini sidqidildan, vijdonan va mahorat bilan bajaradigan insonlar har sohada zarur va e’zozlidir. Ana shunday fidoiylar haqida "o‘z ishining ustasi" degan ibora qo‘llaniladi. G‘ayrat Ochilov ham ustozi Odil Tojiqulovdan ish sirlarini o‘rganib hozirda tajribali mutaxassisga aylangan.
 

 

0

(0 ovoz)