Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ISTE’MOLCHILAR TALABIGA YARASHA

10.06.2025 10.06.2025 14

  

Navli prokatlash bo‘linmasining po‘lat simlar ishlab chiqarish uchastkasida umumiy maqsadlar va temir-beton konstruksiyalari uchun mo‘ljallangan po‘lat simlar ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan po‘lat simlar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning po‘lat simlarga bo‘lgan talabini qondirib, buyurtmachilar safining yanada oshishiga sabab bo‘lmoqda. 
Po‘lat simlar ishlab chiqarish uchastkasi o‘tgan oyda ham turli diametrdagi mahsulotlarni tayyorlab, iste’molchilar ehtiyojini qondirishdi. 336 tonna mahsulot ishlab chiqarilib reja 111, 9 foizga bajarildi. Joriy yilning besh oyida esa reja 111,1 foizga uddalandi. Iste’molchilarga 1 666 tonna po‘lat simlar yetkazib berildi. 

 

0

(0 ovoz)