Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” va Standard Chartered Bank hamkorligida yangi moliyaviy bosqich boshlandi

07.10.2025 08.10.2025 253

Londonda “O‘zmetkombinat” AJ O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan issiq holda prokatlangan po‘lat o‘ramlarini ishlab chiqaruvchi majmua – Quyuv-prokatlash majmuasining qurilishini yakuniga yetkazish maqsadida 7 yil muddatga 132,5 mln yevro miqdorida kredit shartnomasini imzoladi.

Moliyalashtirish Standard Chartered Bank (Buyuk Britaniya) va KfW IPEX-Bank GmbH (Germaniya) tomonidan Islom investitsiyalari va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC) sug‘urta kafolati ostida tashkil qilindi.

Olingan mablag‘lar Quyuv-prokatlash majmuasining qurilishi, foydalanishga topshirilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hamda qayta moliyalashtirish yo‘nalishida ishlatiladi.

“Biz O‘zbekistonning sanoat rivojlanishiga bildirilgan ishonch va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash uchun Standard Chartered Bank, KfW IPEX-Bank GmbH va ICIEC’ga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu strategik moliyalashtirish kuchli xalqaro hamkorlikni aks ettiradi va kompaniyamiz uchun yangi bob — mamlakatda birinchi marotaba issiq holda prokatlangan po‘lat o‘ramlarining mahalliy ishlab chiqarilishi boshlanishi hisoblanadi. Loyiha importga bo‘lgan bog‘liqlikni sezilarli darajada kamaytiradi, mahalliy ta’minot zanjirlarini mustahkamlaydi va milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga yangi turtki beradi”, dedi “O‘zmetkombinat” AJ Bosh direktori Bahodir Abdullayev. 


Ma‘lumot uchun: Standard Chartered Bank 1853-yilda Londonda tashkil etilgan, 60 dan ziyod mamlakatda faoliyat yurituvchi xalqaro bank. Infratuzilma, sanoat va savdo loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi ko‘p yillik tajribasi bilan dunyo miqyosida e’tirof etilgan moliya instituti hisoblanadi.


  

 
 

4.17

(6 ovoz)