Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O'zmetkombinat"da firibgarlik holatining oldi olindi, xodimlar rag‘batlantirildi

23.02.2026 23.02.2026 188

    

 “O‘zmetkombinat” AJda kombinat hududiga olib kirilgan metall parchalar orasida firibgarlik yo‘li bilan kiritilgan beton bo'laklari aniqlangani munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat kombinat xodimlarining hushyorligi, tezkorligi hamda yuqori darajadagi mas’uliyati tufayli o‘z vaqtida fosh etilgani qayd etildi. Natijada noqonuniy xatti-harakatlarning oldi olinib, kombinat manfaatlari himoya qilindi.

Tadbir davomida firibgarlik holatini aniqlashda faol ishtirok etgan xodimlar rag‘batlantirildi. Ularga mukofot puli Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur tadbir kombinatda halollik, qonuniylik, ichki nazorat va mehnat intizomiga qat’iy rioya etish tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqladi. Rahbariyat tomonidan xodimlarning fidokorona va prinsipial yondashuvi yuqori baholanib, kelgusida ham bunday hushyorlik va mas’uliyat davom etishiga ishonch bildirildi.

 

3.67

(3 ovoz)