Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

02.12.2025 02.12.2025 332

     

Bugun “O‘zmetkombinat” AJning Elektrda po‘lat eritish hamda Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmalari xodimlari bilan kombinat boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxonada mehnat intizomi va xavfsizlik talablari, jumladan, huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuvda rais ishlab chiqarish jarayonida tartib-intizomni mustahkamlash, xavfsizlikni kuchaytirish va mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha fikr bildirdi. 

Muloqotda xodimlarning savollariga batafsil javob berildi. Shuningdek, Korporativ xavfsizlik va resurslarni himoya qilish departamenti tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tizimi, videokuzatuv, profilaktik choralar va xavfsizlik yo‘nalishidagi yangilangan tartiblar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi. Uchrashuv jarayonida ishlab chiqarish bo‘linmalari vakillari tomonidan taklif va mulohazalar ham bildirildi.

 

3.50

(6 ovoz)