Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TADBIRI O‘TKAZILDI

03.12.2025 03.12.2025 249

           

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan kombinatda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir jamoatchilikka oshkoralikni ta’minlash, huquqiy madaniyatni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda kombinat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari hamda huquq-tartibot idoralari vakillari ishtirok etishdi. Ular tomonidan korrupsiyaning oldini olishda ichki ishlar idoralari va sud hokimiyatining o‘rni, ularning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Adliya bo‘limi mutaxassislari tomonidan qonunchilikda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ahamiyati va amaliyotdagi o‘rni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida Din ishlari bo‘yicha mutaxassislar ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jamiyatda barqaror ma’naviy muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdilar.

“Ochiq eshiklar kuni” ishtirokchilarga muhim huquqiy ma’lumotlar berish, ochiq muloqot tashkil etish va mavjud muammolarga birgalikda yechim izlash imkonini yaratdi.

 

3.00

(2 ovoz)