Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

QUYUV-PROKATLASH MAJMUASI MAHSULOTLARIGA TALAB ORTMOQDA

10.02.2026 10.02.2026 89

     

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-prokatlash majmuasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan po‘lat listlar yuqori sifat ko‘rsatkichlari, amaldagi texnik talablar va standartlarga to‘liq muvofiqligi hamda barqaror ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatlari bilan ichki bozor ishtirokchilari orasida keng e’tirof etilmoqda. Natijada mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish ortib, xaridorlar soni muntazam ravishda kengayib bormoqda.

Mazkur jarayon doirasida “O‘zmetkombinat” AJning Quyuv-prokatlash majmuasiga mahsulotlarni xarid qilish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida bir qator yirik sanoat korxonalari delegatsiyalari tashrif buyurmoqda. Xususan, “Toshkent Metallurgiya Zavodi”, “PIPE METAL” (truba zavodi) hamda “Bektemir Metall Konstruksiyalari” korxonalari vakillari majmuada bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar va mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashriflar davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinib, kelgusida uzoq muddatli va barqaror sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.

 

3.50

(2 ovoz)