Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O‘ZMETKOMBINAT"DA 500 O‘RINLI OSHXONA FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

10.02.2026 10.02.2026 54

    

“O‘zmetkombinat” AJ Quyuv-prokatlash majmuasida yangi oshxona foydalanishga topshirildi va o‘z faoliyatini boshladi.

Oshxona zamonaviy talablar asosida jihozlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 nafar xodimga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Ovqatlanish maskanida sanitariya-gigiyena talablari to‘liq ta’minlangan, qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.

Yangi oshxona xodimlarning mehnat jarayonida sifatli ovqatlanishini tashkil etish, ish unumdorligini oshirish hamda sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Ushbu ishlar "O‘zmetkombinat"da ijtimoiy infratuzilmani izchil rivojlantirish va xodimlar farovonligini oshirishga qaratilgan.

 

0

(0 ovoz)