Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT”DA ISHLAB CHIQARISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

06.03.2026 06.03.2026 207

   

Bugun Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida  “O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarish bo‘linmalarini xomashyo va materiallar bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda Kombinat tarkibiy bo‘linmalari uchun metallurgiya ehtiyot qismlarini yetkazib berishdagi mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, xomashyo va ehtiyot qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir bo‘linma rahbari o‘z bo‘linmasidagi vaziyat va ehtiyojlar bo‘yicha hisobot berdi, muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha takliflar kiritildi.

Bundan tashqari, Elektrda po‘lat eritish kompleksi rahbari Pirmatov Rashid Xusanovich o‘z faoliyati natijalariga ko‘ra tantanali kuzatildi, bu esa korxona rahbariyati tomonidan uning yuksak mehnati va xizmatlariga e’tirof sifatida belgilandi.

Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar va topshiriqlar bajarilishi nazoratga olindi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida sifat va samaradorlikni oshirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

4.00

(3 ovoz)