Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” DA YOSHLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

12.03.2026 12.03.2026 93

    

“O‘zmetkombinat” AJda 2026-yilda yoshlar va yosh mutaxassislar bilan tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida kombinat tarkibiy bo‘linmalari yoshlar yetakchilari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida korxonada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, tarkibiy bo‘linmalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda yoshlar yetakchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar bilan tanishildi, yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari hamda mas’uliyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 2026-yilga mo‘ljallangan yoshlar bilan ishlash dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlar doirasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida yoshlar bilan ishlashni yanada samarali tashkil etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoada faol yoshlar muhitini mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

 

3.00

(1 ovoz)