Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“DOLZARB 30 KUN” IJROSI QAT’IY NAZORATDA: RAHBAR TOMONIDAN ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

11.04.2026 11.04.2026 31

    

“Dolzarb 30 kun” loyihasi doirasida korxona hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar Boshqaruv raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv mobaynida Quyuv-prokatlash majmuasining joriy holati ham alohida ko‘zdan kechirildi. Majmuada ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi, texnik va sanitariya holati, hududning tartib-intizom darajasi batafsil tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar davomida hududlarning sanitariya holati, tozalik darajasi, mavjud yashil maydonlarning saqlanishi va parvarishi, shuningdek, obodonlashtirish ishlari sifati hamda ularning amaliy samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, hududlarni yanada obod qilish, ekologik muhitni yaxshilash va ishlar ko‘lamini kengaytirish masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ishlarni jadallashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ijro intizomini kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, hududlarning obodonlik darajasini yanada yuksaltirish hamda zamonaviy talablar asosida tartibga keltirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

0

(0 ovoz)