Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

28-APREL — BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN ILMIY-AMALIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

28.04.2026 28.04.2026 46

  

28-aprel — Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng targ‘ib etish, ilg‘or amaliy tajribalarni almashish, shuningdek, ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yanada takomillashtirish va sanoat xavfsizligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda turli davlat tashkilotlari vakillari, mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi davlat mehnat inspektorlari, universitetning “Geologiya va konchilik” fakulteti hamda “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilar ham faol qatnashib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.

Seminar davomida “O‘zmetkombinat” AJ Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova tomonidan korxonada sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, erishilayotgan natijalar hamda ilg‘or amaliy tajribalar haqida batafsil ma’ruza qilindi. Xususan, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, mavjud xavf omillarini kamaytirish hamda xodimlar salomatligini muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar alohida e’tirof etildi.

Shu bilan birga, tadbirda sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi zamonaviy talablar, xalqaro standartlar hamda ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish masalalari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan sohadagi yangiliklar va ilg‘or yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

Uchrashuv davomida universitet rahbariyati, fakultet dekani, kafedra mudiri, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish va raqobatbardosh yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar sanoat va mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda xavfsiz mehnat madaniyatini shakllantirishda bunday tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, faol ishtirok etgan soha vakillariga “Geologiya va konchilik” fakulteti dekani tomonidan minnatdorlik izhor etilib, tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

 

5.00

(2 ovoz)