Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR O‘TKAZILDI

07.05.2026 07.05.2026 43

  

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bekobod shahridagi Xotira maydonida tantanali xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiya Boshqaruv Raisi-Bosh direktor  Bahodir Abdullayev boshchiligida ishtirok etib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi hamda monument poyiga gulchambar qo‘ydi.

Tadbir davomida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning jasorati chuqur ehtirom bilan yod etildi. Shuningdek, faxriylarni qadrlash, tarixiy xotirani asrab-avaylash va yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash har birimizning muhim vazifamiz ekani alohida ta’kidlandi.

Marosim yakunida korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan monument poyiga gullar qo‘yilib, mard va fidoyi ajdodlarimiz xotirasiga yuksak hurmat bajo keltirildi. Ajdodlar jasorati va fidoyiligi xalqimiz qalbida hamisha yashaydi.

 

0

(0 ovoz)