Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KOMBINATDA “DOLZARB 30 KUN” OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK SEMINAR TASHKIL ETILDI

13.05.2026 13.05.2026 50

     

Mamlakatimizda 1-maydan 31-mayga qadar Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 30 kun” oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida korxona va tashkilotlarda profilaktik targ‘ibot hamda amaliy seminar uchrashuvlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda. Navbatdagi tadbir Kombinat markaziy laboratoriyasida o‘tkazildi.

Seminar davomida Obyektlarda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari tomonidan yong‘in xavfsizligi, texnika va sanoat xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoz mavsumi oldidan farzandlarni ruxsat etilmagan joylarda cho‘milishdan ehtiyot qilish, tabiiy gaz va elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. Hayotiy misollar va ogohlantiruvchi holatlar orqali xavfsizlik qoidalarining ahamiyati yana bir bor tushuntirildi.

Bu kabi profilaktik va amaliy seminarlar kombinatning boshqa bo‘linmalarida ham davom ettiriladi. Shu munosabat bilan barcha ishchi-xizmatchilar oylik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

0

(0 ovoz)