Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“SOG‘LOM HAYOT UCHUN 5000 QADAM” MARAFONI YUQORI KAYFIYATDA O‘TKAZILDI

14.05.2026 14.05.2026 36

     

“O‘zmetkombinat” AJ Ayollar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni xotin-qizlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirgan muhim sport tadbirlaridan biriga aylandi. “Emal” MChJ hududidan start olgan marafon davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik va faol hayot tamoyillariga sodiqligini namoyon etdi.

Tadbir davomida jamoaviy birdamlik, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhit yanada yaqqol sezildi. Ishtirokchilar marafonda faol qatnashib, sog‘lom hayot sari tashlangan har bir qadam inson salomatligi va ijobiy kayfiyat uchun muhim ekanligini amalda ko‘rsatdi. Mazkur marafon nafaqat sport tadbiri, balki jamoada hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga ham xizmat qildi.

Marafon yakunida faol va yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi - Bosh direktor Bahodir Abdullayev tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbir davomida g‘olib va faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning korxona hayotidagi faolligi alohida e’tirof etildi.

 

0

(0 ovoz)