Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ENG YAXSHI BO‘LINMA VA MEHNAT MUHOFAZASI VAKILLARI ANIQLANDI

15.05.2026 15.05.2026 63

    

“O‘zmetkombinat” AJda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo‘nalishida o‘tkazilgan “Eng yaxshi jarohatlarsiz va avariyalarsiz bo‘linma” hamda “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” ko‘rik-tanlovlari yakuniga yetdi. Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarni taqdirlash maqsadida tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi – bosh direktor Bahodir Abdullayev so‘zga chiqib, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnat muhofazasi talablariga qat’iy rioya etish hamda xodimlar mas’uliyatini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, bo‘linmalarda olib borilgan profilaktik ishlar samaradorligi, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi va jamoalarning faol ishtiroki munosib baholangani qayd etildi.

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra, “Eng yaxshi jarohatlarsiz va avariyalarsiz bo‘linma” nominatsiyasida Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi g‘olib deb topildi. “Eng yaxshi mehnat muhofazasi vakili” tanlovida esa Energetika bo‘linmasi muhandisi Sobirxon Shukurov, Temiryo‘l transporti xizmati vakili Abbos Nosirov hamda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasi vakili Inomjon Mirmuhammedov g‘olib bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

5.00

(1 ovoz)