Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

«O‘ZMETKOMBINAT»NING  ARMATURA PROKATI MUVOFIQLIK SERTIFIKATINI OLDI

19.06.2026 19.06.2026 13



“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan A500 sinfidagi armatura prokati muvofiqlik sertifikatini oldi. Sertifikat 2026-yil 15-iyunda Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi va 2029-yil 12-iyungacha amal qiladi.

Sertifikat diametri 10 mm dan 32 mm gacha bo‘lgan 10 turdagi armatura prokatiga berildi. Mahsulotlar ГОСТ 34028-2016 standarti talablariga muvofiq deb topildi.

Sertifikatlash jarayonida mahsulot namunalari laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi, texnik hujjatlar va ishlab chiqarish jarayonlari baholandi. Natijalar armatura prokatining mustahkamligi, payvandlanuvchanligi va egiluvchanlik ko‘rsatkichlari belgilangan talablarga mos ekanini tasdiqladi.


Kombinatda mahsulotlarni sertifikatlash va menejment tizimlarini rivojlantirish ishlari Standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘limi tomonidan muntazam olib borilmoqda. Bo‘lim boshlig‘i Yelena Mixaylovna Drannikova rahbarligida mahsulotlar sertifikatlanib, xalqaro standartlar talablariga mos menejment tizimlari takomillashtirib borilmoqda.

Bugungi kunda korxonada ISO 9001, ISO 45001 va ISO 50001 standartlari asosida integratsiyalashgan menejment tizimi joriy etilgan.


22–24-iyun kunlari kombinat “Management Certification” sertifikatlashtirish organi tomonidan nazorat auditidan o‘tadi. Audit doirasida menejment tizimining qo‘llanish sohasi  issiq prokatlangan po‘lat rulonlar ishlab chiqarish jarayoni hisobiga kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Sifatli mahsulot ishlab chiqarish tizimli yondashuvdan boshlanadi. Armatura prokatining muvofiqlik sertifikatini olishi «O‘zmetkombinat»da sifat va ishonchlilikka alohida e’tibor qaratilayotganining yana bir tasdig‘idir.

 

0

(0 ovoz)