Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat”da sayyor qabul o‘tkazildi

03.07.2026 03.07.2026 55

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “O‘zmetkombinat” AJdagi boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tinglash hamda murojaatlarga joyida amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi. Sayyor qabulda O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi To‘lqin Fayziyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev hamda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev va boshqalar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.

Qabul jarayonida ishga joylashish, moddiy yordam ko‘rsatish, boshqa ishga o‘tish, jarrohlik amaliyotini tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va sog‘liqni saqlash sohalariga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

3.00

(2 ovoz)