Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” HAMDA O‘ZBEKISTON MILLIY MEDIA ASSOTSIATSIYASI HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLAD

15.07.2026 15.07.2026 43

     

“O‘zmetkombinat” AJ hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev va O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruv raisi Odiljon Tojiyev tomonidan imzolandi.

Mazkur memorandum sanoat va media sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, korxona faoliyatini keng jamoatchilikka xolis, tezkor va ishonchli yetkazish, zamonaviy media loyihalarini amalga oshirish, axborot almashinuvini kengaytirish hamda jurnalistlarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishiga ko‘maklashishni nazarda tutadi.

Shuningdek, tomonlar axborot ochiqligini ta’minlash, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni keng yoritish, media sohasida ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda samarali hamkorlikni izchil rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar. Mazkur memorandum sanoat va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

5.00

(1 ovoz)