Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Yozning jazirama kunlarida yong‘in xavfsizligi choralari kuchaytirilmoqda

16.07.2026 16.07.2026 48

  

Yoz mavsumida havo haroratining keskin ko‘tarilishi yong‘inlar kelib chiqish xavfini oshiradi. Ayniqsa, yoqilg‘i-moy mahsulotlarining qizishi, ularning to‘kilishi yoki boshqa favqulodda holatlar yong‘in bilan bog‘liq xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois “O‘zmetkombinat” AJ obyektlarida yong‘in va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda amaliy tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 8-iyul kuni “O‘zmetkombinat” AJning yoqilg‘i quyish shoxobchasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tasarrufidagi qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘quv-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida shartli yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarni evakuatsiya qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholash hamda kuch va vositalarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Mashg‘ulot yakunida shaxsiy tarkibning jangovar shayligi, maxsus texnika va jihozlardan samarali foydalanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Bunday o‘quv-taktik mashg‘ulotlar favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali munosabat bildirish, xizmatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda qutqaruvchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

5.00

(1 ovoz)