Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo’lida muhim uchrashuv bo'lib o'tdi

21.07.2026 21.07.2026 48

   

“O‘zmetkombinat” AJga Baosteel Europe GmbH kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar kombinatning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, xususan, Quyuv–prokatlash majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda metallurgiya sohasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda istiqbolli investitsiya imkoniyatlari yuzasidan fikr almashilib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar mazkur uchrashuv ikki kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

 

0

(0 ovoz)