Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Boshqaruv raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi

30.07.2026 30.07.2026 51

    
“O‘zmetkombinat” AJda Boshqaruv raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev boshchiligida yosh mutaxassislar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan asosiy maqsad yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, korxona rivojiga daxldorligini yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini erkin bildirib, rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Kombinat Ilmiy markazi xodimlari ishtirok etib, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, innovatsion loyihalar, ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan zamonaviy ishlanmalar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilgan ilmiy imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

5.00

(2 ovoz)