Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

«O‘zmetkombinat» AJ — milliy cholg‘u san’ati va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqda

21.09.2026 21.09.2026 17

   

R. Gliyer nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida «Milliy musiqa kelajagi — Yangi O‘zbekiston yoshlari bilan» shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir va mahorat darslari o‘tkazildi.

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan «Milliy cholg‘u ijrochiligi» ijodiy birlashmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda «O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev, O‘zbekiston xalq artisti Tohir Qo‘ziyev hamda taniqli ustoz san’atkorlar ishtirok etdi.

Dutor, rubob, doira va ansambllarda o‘tkazilgan mahorat darslari orqali yoshlar milliy cholg‘ularning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ustozlar bilan muloqot va konsert dasturi esa milliy san’atning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bebaho an’analarini yana bir bor namoyon etdi.

Bugun ustozlardan saboq olayotgan yosh iste’dodlar — ertaga milliy musiqa san’atimizning yangi avlodini shakllantiradi.

Tadbir yakunida faol va iqtidorli o‘quvchilar munosib taqdirlandi.
 

 

0

(0 ovoz)