Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

INVESTITSIYA DASTURI – AMALDA

27.05.2025 27.05.2025 257

  

Metallurgiya iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri bo‘lib, mamlakat sanoat salohiyatini rivojlantirishda strategik rol o‘ynaydi. U sanoatning eng muhim tarmoqlarini, shu jumladan mashinasozlik, qurilish, transport, energetika va boshqa sohalarni xomashyo va mahsulotlar bilan ta’minlaydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston modernizatsiya qilish, import o‘rnini bosish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli investitsiya loyihalariga tayanib, ushbu sohada barqaror o‘sishni namoyish etmoqda.

Investitsiya dasturini amalga oshirishdagi eng muhim qadamlardan biri "O‘zmetkombinat” AJda Quyuv-prokatlash majmuasini qurish" loyihasi bo‘ldi. Ushbu zamonaviy sanoat ob’ekti mamlakatni ichki va tashqi bozorda turli sohalarda ehtiyoj katta bo‘lgan yuqori sifatli issiq holatda prokatlangan po‘lat list o‘ramlari bilan ta’minlaydi.

 

 

   Loyihaning ko‘lami va istiqbollari

Quyuv-prokatlash majmuasining ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 million tonnadan ortiq issiq holatda prokatlangan po‘lat list o‘ramlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Barcha mahsulotlar qat’iy xalqaro andozalarga javob beradi: listlarning qalinligi 1,4 mm.dan 12 mm.gacha va kengligi 800 mm.dan 1300 mm.gacha. Bu parametrlar mahsulotlarni jahon bozorida raqobatbardosh qiladi, kombinatning eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yangi majmuaning ishga tushirilishi nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshiradi, balki sanoatning barqaror o‘sishini ta’minlaydi. Ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtiradi, xarajatlar, chiqindilarni kamaytiradi va ekologik xavfsizlikni oshiradi.

Quyuv-prokatlash majmuasi ishga tushirilishi bilan mamlakat chet eldan po‘lat mahsulotlarini sotib olishni sezilarli darajada kamaytiradi va to‘liq o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tadi.

 

 

  Innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar

Majmua Italiyaning yetakchi kompaniyasi “Danieli” tomonidan yetkazib berilgan va o‘rnatilgan eng yangi texnologiyalar va yuqori aniqlikdagi uskunalar bilan jihozlangan. Bu tayyor mahsulotlarning yuqori sifatini va zamonaviy metallurgiya andozalariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Bugungi kunga qadar “DSP-120” elektr yoyli po‘lat ishlab chiqaruvchi pech, po‘latni uzluksiz quyish mashinasi, tunnelli pech va prokat stanini o‘rnatish va ishga tushirish va boshqalarda barcha montaj va sozlash ishlari to‘liq yakunlandi. Zamonaviy “Hercules” silliqlash stanogi o‘rnatilgan vallarni silliqlash ustaxonasida ishlar yakunlandi.

Texnologik jarayon uchun zarur bo‘lgan siqilgan havo va boshqa pnevmatik tizimlarni uzluksiz ta’minlaydigan kompressor stansiyasi to‘liq qurilib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, Xitoyning AVIC INTL kompaniyasidan korxonani zarur miqdordagi texnik kislorod bilan ta’minlaydigan yangi kislorod stansiyasining qurilishi yakunlanmoqda.

 

  Iqtisodiy ta’sir va barqaror rivojlanish

Quyuv-prokatlash majmuasining ishga tushirilishi katta ijtimoiy-iqtisodiy foyda keltiradi. Bu kombinatda 1250 dan ortiq va tarmoq sohalarida 5000 tagacha yangi ish o‘rinlarini ochishga yordam beradi. Loyiha zamonaviy ekologik andozalarni hisobga olgan holda amalga oshirildi. Innovatsion tozalash tizimlari va energiya tejaydigan texnologiyalar resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash bilan birga atrof-muhitga korxonaning salbiy ta’sirini kamaytiradi.

  Loyihaning mamlakat uchun ahamiyati

Quyuv-prokatlash majmuasining ishga tushirilishi O‘zbekistonning sanoat qudratini mustahkamlaydigan strategik qadamdir. Bu mamlakatdagi eng yirik metallurgiya korxonasi bo‘lib, u O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshiradi va jahon po‘lat bozoridagi mavqeini mustahkamlaydi.

 

5.00

(2 ovoz)