Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

METALLURGLAR TARIXIGA MUHRLANGAN NOMLAR

31.05.2025 31.05.2025 74

 

1970-yillarda Bekobod metallurgiya zavodi jadal sur’atlar bilan rivojlanib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. Aynan o‘sha yillarda ko‘plab fidokor insonlar nomlari metallurglar tarixiga mustahkam muhrlandi.

Jumladan, po‘lat erituvchilar A. Anisimov, Ye. Shamsiyev, A. Zyablov, R. Sadriyev, A. Toshpo‘latov, R. Nurjayev, V. Salixov, V. Timnin, P. Vilms, aka-uka Maqbulovlar, po‘lat erituvchilarning yordamchilari M. Muxsinov, B. Starikov, quyuvchilar I. Petrov, V. Illarionov, V. Dudin, operatorlar A. soy, M. Yusupov, kran mashinistlari P. Usov, V. Morozov va boshqalar o‘sha davrning taniqli insonlari sifatida yodda qolishdi.

O‘sha yillarda ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sib borgan. Prokat sexida 300-stanning 1-brigadasi barchaga namunali hisoblangan. Bu brigadaga usta Said Nurutdinov rahbarlik qilgan. Ularning ilg‘or mehnat uslublari, jumladan, armaturani manfiy cheklanishdagi og‘ishlar bilan prokatlash tajribasi nafaqat zavodda, balki butun mamlakat bo‘ylab mashhur bo‘lgan.

O‘sha paytda Markaziy televidenieda ham ushbu brigada haqida "Uchinchi haqiqat" nomli hujjatli film namoyish etilgan. Said aka – haqiqiy rahbar, ustoz va mehnat fidoyisi sifatida e’tirof etilgan. Said aka butun bir metallurglar sulolasiga asos solgan. Uning ukalari Shamsi va Ko‘ki ham shu sexda mehnat qilganlar. Shamsi 3-brigadaga rahbarlik qilgan bo‘lsa, Ko‘ki tajribali ishchi sifatida tanilgan. Kenja uka Sayfi esa metodik pechlarni ta’mirlash ustasi sifatida o‘z sohasida yuqori saviyali mutaxassisga aylangan. Shuningdek, Shamsining rafiqasi – Muniver opa ham faol mehnat qilgan. U 300-stanning operatori sifatida ayollarga xos jasorat va mas’uliyatni namoyon etgan.

Nurutdinovlar oilasining deyarli barcha farzandlari zavod bilan chambarchas bog‘lanib, ota-onalarining mehnat yo‘lini davom ettirishgan.

Bugungi kunda kombinatda minglab xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ular o‘z taqdirini yillar davomida kombinat bilan bog‘lagan, fidoyi, mas’uliyatli va o‘z ishining ustalari hisoblanadi.

Kombinatda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan eng yaxshi an’analar – mehnatga hurmat, millatlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro yordam va jamoaviylik alohida qadrlanadi va asrab-avaylanadi.

Bu yerda insonga pasport ma’lumotlari bilan emas, balki uning mehnatga munosabati va insoniy fazilatlari orqali baho beriladi.

Buni Bekobod – sanoat shaharning o‘ziga xos muhiti bilan izohlash mumkin. Ammo aniq bir haqiqat bor: metallurglarning farzandlari ko‘p hollarda ota kasbini tanlashadi va ularning izidan yurishadi.

Shu bois "mehnat sulolasi" degan tushuncha kombinat hayotida kamdan-kam uchraydigan holat emas, balki kundalik hayotning bir qismiga aylangan.

 

0

(0 ovoz)