Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

ULAR KOMBINAT FAXRI

02.06.2025 02.06.2025 73

MEHNAT QILGAN ELDA AZIZ

Ahmadjon Saidqulov 2002-yili “Do‘stlik” ordeni hamda 2008-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu yuksak mukofotlar bilan fidokorona mehnati tufayli Vatan taqdirladi, xizmatlari, zahmatlari e’tirof etildi. Elda azizu mukarram bo‘ldi. Halol mehnat qilganlar hech qachon el nazaridan qolmaydi, doimo ulug‘lanib, taqdirlanib keladi. Ayniqsa “O‘zmetkombinat” fidoiylari mana shunday e’tiborda.

A.Saidqulov 1977-yilda O‘zbekiston metallurgiya zavodining Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexida o‘rab-taxlovchi bo‘lib ish boshladi. Shu yilning o‘zidayoq Marten sexida po‘lat quyuvchi yordamchisi bo‘lib ishga o‘tdi. Ikki yil harbiy xizmatni o‘tab qaytgandan so‘ng 1981-yil yana o‘z qadrdon jamoasiga qaytdi va ishini davom ettirdi. Marten sexida po‘lat erituvchi, usta, katta usta vazifalarida mehnat qildi.

Kombinatda 40 yildan oshiq ishlagan A. Saidqulov nafaqat o‘zi mehnat qilgan Marten sexida balki korxonada, shahrimizda ham malakali mutaxassis, yaxshi inson sifatida hurmatga sazovor bo‘lgan. U odamlardan vaqtini ham, yordamini ham ayamaydi. Uni yaxshi taniganlar bu insondan juda mamnun. Mana shunday xislatlari uchun ham u ko‘plab yosh metallurglarga ustozlik qilgan. U ko‘p marta “O‘zmetkombinat” AJda “Yoshlarning eng yaxshi murabbiyi” tanlovlarida g‘olib chiqqan.

Usta po‘lat erituvchi sifatida sexda unga teng keladiganlar bo‘lmagan. U zimmasidagi reja va topshiriqlarni muntazam ravishda ortig‘i bilan bajarib kelgan. U boshchiligida eritilgan po‘lat xalqaro sifat andozasiga to‘liq javob berardi.

2015-yildan pensiyaga chiqqunga qadar Temir-tersak parchalarini qayta ishlash sexida gaz bilan temir kesuvchi, temir va metallarni maydalovchi vazifalarida ishladi.

Ajoyib inson, yaxshi mutaxassis bo‘lmish Ahmadjon aka respublikamiz sanoatini jahon andozalari asosida yuksaltirish, fan-texnika yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ko‘p yillik samarali mehnati bilan xalqimiz, hukumatimiz e’tiborini qozonib e’tirofiga erishdi.

“Mehnat qilgan elda aziz”, – deydi dono xalqimiz. Boy mehnat tajribasi, mehnatda erishgan yutuqlari uchun A. Saidqulov Vatanimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1993-yil u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. 2002-yili “Do‘stlik” ordeni va 2008-yil mustaqillik bayrami oldidan yana bir hukumat mukofotiga loyiq ko‘rildi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Mana shunday o‘z kasbining mohir ustalari kombinatimiz faxri. Ularni har qancha qadrlasak, hayot maktabini yoshlarga o‘rgatsak arziydi.

 

0

(0 ovoz)