Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

XODIMLAR MALAKALARI OSHIRILMOQDA

03.06.2025 03.06.2025 89

  

Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti DM va kombinat o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan Metrologiya xizmati xodimlari o‘quv kursi davomida “Issiqlik texnikaviy o‘lchash vositalarini metrologik kalibrlash va qiyoslash (sarf, bosim, harorat, sath)” mavzusi bo‘yicha malaka oshirmoqdalar. 
Issiqlik texnikaviy o‘lchash vositalarini kalibrlash va qiyoslash ularning ishonchliligini ta’minlash, mahsulot sifatini yaxshilash va sanoat jarayonlarini optimallashtirishda muhim ahamiyatga ega. Metrologik nazorat vositasida bu jarayonlarni rejali ravishda amalga oshirish har qanday texnik tizim uchun zarur hisoblanadi. 13-iyun kunigacha davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlari davomida mutaxassislar tomonidan shu kabi mavzularda metrologiya xizmati xodimlariga tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.

 

0

(0 ovoz)