Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MUHIM O‘RINLARI BOR

04.06.2025 04.06.2025 131

 

Elektrotexnika laboratoriyasi (ETL) kombinatning tarkibiy bo‘linmalariga elektr xizmat ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Jamoa kombinatning elektr jihozlari, rele himoyasi va avtomatlashtirish qurilmalari, hisobga olish va o‘lchash tizimlari, avtomatlashtirish va signalizatsiya tizimlari, sinov qurilmalari va apparatlarining muammosiz ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bunday vazifalarni yuqori tajriba va malakaga ega bo‘lgan ishchi-xodimlargina bajarishi mumkin. Elektrotexnika laboratoriyasida rele himoyasi va avtomatikasi, yuqori kuchlanishdagi sinovlar va o‘lchovlar sohasida ishlayotgan malakali mutaxassislar yetarli.
Nafaqat kombinatda balki, shahrimizda ham yagona bo‘lgan “ETL-10” maxsus mashinasi –elektr jihozlari, kabellari kabilardagi  nosozliklarni qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar uni aniqlashda tengi yo‘q. 
Muhandis-elektrik Temur Xusanov hamda rele himoyasi va avtomatikasi elektromontyori Usein Aliev mana shu ko‘chma laboratoriya yordamida nosozliklarni tez aniqlab, uni bartaraf etishda katta tajriba va malaka to‘plaganlar. Ana shunday malakali mutaxassislarning sa’y-harakatlari bilan elektr jihozlarini, kabellarni, asboblarni, rele himoyasi va avtomatlashtirish vositalarini profilaktik sinovdan o‘tkazish, tez fursatlarda nuqsonlarini aniqlab, tuzatishga erishilmoqda.
 

 

5.00

(1 ovoz)