Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” VA JIANLONG: METALLURGIYADA YANGI BOSQICH

15.09.2025 15.09.2025 281

Shu kunlarda Jianlong Group’ning yigirmaga yaqin yetakchi ilmiy-tadqiqotchi va texnologiya mutaxassislari Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Ular birinchi kuniyoq kombinatda izlanishlarni boshladi. Mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonini har tomonlama tahlil qilib, mavjud imkoniyatlarni chuqur o‘rganyapti hamda texnologiyalik yangilanish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan dastlabki sessiyalarni o‘tkazmoqda.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — korxonani tubdan texnologiyalik rivojlantirish, quvvatlarni kengaytirish va yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Shu orqali nafaqat ichki ehtiyojlar qoplanadi, balki xalqaro bozorlarda ham O‘zbekiston metallurgiya mahsulotlarining raqobatbardoshligi sezilarli darajada ortadi.

Bu tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – 2030” hujjatida belgilangan ustuvor vazifalarga to‘la mos keladi. Xususan, sanoatni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini kengaytirish, innovatsiyalarni joriy etish va xorijiy sarmoyalarni jalb etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bilan hamohang tarzda amalga oshirilmoqda.

  

Hamkorlik doirasida mahalliy kadrlar uchun ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish, zamonaviy texnologiyalarni bevosita ishlab chiqarishda o‘rganish va malaka oshirish imkoniyatlari ham yaratiladi. Bu esa Bekobod shahrida joylashgan kombinatning nafaqat sanoat, balki ilmiy va ta’limiy markaz sifatidagi rolini ham kuchaytiradi.

 

 

5.00

(3 ovoz)