Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Xitoyning yirik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

03.11.2025 03.11.2025 144

    

Bugun “O‘zmetkombinat” AJda Xitoyning Henan Longcheng Group Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor Bahodir Abdullayev ishtirok etdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar sanoat sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari, ilg‘or texnologiyalar almashinuvi hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 
Ma‘lumot uchun: Henan Longcheng Group Co., Ltd. — Xitoy metallurgiya sanoatining yirik vakillaridan biri bo‘lib, mis plitalar, quyma prokat qoliplari, energiya tejamkor uskunalar hamda ilg‘or metallurgiya texnologiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

 

5.00

(2 ovoz)