+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI

ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI
1 / 2

ENG YAXSHI VIDEOROLIKLAR TANLOVI E'LON QILINADI

"O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kombinatning kecha va buguni" mavzusida eng yaxshi videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda kombinatning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

"Kombinatning kecha va buguni" eng yaxshi videoroliklar tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob beradigan videoroliklar qabul qilinadi:
- videorolik mazmunan kombinatning tarixi va bugungi kundagi faoliyati, erishilayotgan yutuqlar hamda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘zida aks ettirishi kerak;
- AVI, MPEG-2, MPEG-4, AVC HD formatlari (MOV formati qabul qilinmaydi);
- davomiyligi – 2 daqiqadan kam bo‘lmagan va 5 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan;
- fayl hajmi 700 MB dan oshmasligi;
- o‘lchamlari kamida 1280x720 piksel 16:9 bo‘lishi kerak.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan videoroliklar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi tantanalari oldidan kombinatning ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan videoroliklar 2024-yil 5-may soat 18:00ga qadar Matbuot xizmatiga – +998909775897 raqamiga (Telegram orqali) yuborilishi lozim.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin I darajali diplom 3 000 000 so‘m
2-o‘rin II darajali diplom 2 500 000 so‘m
3-o‘rin III darajali diplom 2 000 000 so‘m

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish